Xovos tumani 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabi. O’zbekiston Davlat Universitetlaridagi Magistr talabalar va PhD ustozlar o’rtasida “Ilmiy tadqiqotlar va start-up” tanlovi o’tkazilgan edi. Shu tanlovda taqrizdan o’tgan talaba va ustozlarni maqolalari shular qatorida Tasviriy san’at o’qituvchisi Xujamqulova Maftunaning maqolasi Davlat nashriyotida nashr qilindi.
Xovos tuman 15-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi Tasviriy san’at yònalishi òquvchisi ZOIRBOYEVA SEVINCH Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bòlimi,Madaniyat boshqarmasi ,Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan òtkazilgan “MA’NAVIY OLAM SEHRI ” korik tanlovining tuman bosqichida ishtirok etib,faxrli III-òrinni egallab ,viloyat bosqichiga yòl oldi
Estrada sinfi o‘quvchisi Nabijonov Mahmudxo‘ja Sirdaryoning 60 yilligiga bag‘ishlanib o‘tkazilgan “60 yoshing muborak Sirdaryoyim” nomli tanlovida qatnashib faxirli 2- o‘rinni oldi!🎤🎤🎤
21 Mart 2023 yil Xovos tumani 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “Sirdaryo viloyatining 60 yilligi” hamda “Navróz” bayramiga bag’ishlangan konsert dasturi bôlib ôtdi. Dasturda maktab óquchilari ózlarining turli dasturlari bilan hamda Viloyatimizning taniqli Estrada xonandalari ajoyib ijodlari bilan mehmonlar kónglidan joy olishdi! Barchaga yana bir bor “Navróz” muborak bôlsin 💐💐💐
2023yil 28 mart kuni Tashkent shahrida bólib ótgan “Biz bahtli bolamiz” deb nomlangan xalqaro kórik-tanlovda Xovos tumani 15-son BMSM fortepiano sinfi óquvchilari Sahobiddinova Muslima hamda Fayzullayeva Marjonalar faxrli 2 va 3 órinni qólga kiritishdi! Sinf óqituvchisi Mansimov Jaxongir Tashakkurnoma bilan taqdirlandi! Maktab jamoasi ushbu yutuq egalariga ózlarining tabrigini bildiradi 💐💐💐hamda ijodiy faoiliyatlarida yuksak marralar tilab qoladi!!!
Xoreografiya yo’nalishi O’quvchilari Kamalak yulduzlari tanlovida Qaldirgoch Raqs ansambli 1-o’rin Va Yakkaxon raqsda Soibjonova Dilnura 1-o’rin bilan taqdirlandilar.

Kamalak yulduzlari festivalining tuman bosqichida 15-BMSM Xalq cholg‘ulari bo‘limi rubob sinfi o‘quvchilari Bahriddinov Shoxrux B yo‘nalish 6-10yosh toifasi bo‘yicha 1-o‘rinni va Mirsadiyev Muhammadjon C yo‘nalish 6-10yosh toifasi bo‘yicha 1-o‘rinni egallab viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Abdurahmonov Abrorbek esa B yo‘nalish 11-14 yosh toifasi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.

Sirdaryo viloyati yoshlar markazida tasviriy sanʼat va amaliy sanʼat yoʻnalishi festivali 19-aprel kuni boʻlib oʻtdi. Festivalda Xovos tuman 15-son BMSM tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishi oʻqituvchilari va oʻquvchilari qatnashdilar. Maktab oʻqituvchilari Xujamqulova M va Shodiqulova Nlar faol ishtiroki uchun faxrli diplom bilan hamda Nurmatova M Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi “Vafo va sadoqat ” medali bilan taqdirlandilar.